asboblar (ʻ ʼ)Boshqa tillarda
|
Vikipediya:ImzoMunozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi. [tahrir] Imzo qanday qoʻyiladiXabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga til'da belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta til'da belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta til'da (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta til'da (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin.
[tahrir] Imzo qoʻyish unutilgan hollarAgar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{unsigned}} shabloni orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin. [tahrir] Imzo qayerda qoʻyiladiImzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, vikipediya munozarasi va hk) sahifalarida qoʻyish kerak. |