o‘zgarishlar / ўзгаришлар
Boshqa tillarda

Vikipediya

Vikipediya
155pxVikipediya logosi
Web-manzil www.wikipedia.org
Interviki Bosh Sahifa
Asosiy bo`lim jami 264 tilda
O`zbek bo`limi uz.wikipedia.org
Asos solingan sana 15-yanvar, 2001-yil
Asoschi Jimmy Wales va Larry Sanger
Maqolalar soni 2 mln. dan ortiq
Viki-mexanizm Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yo'q

Vikipediya — ko‘p tillik, vebga asoslangan, erkin ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar qo‘yilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001 yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipedianing eng katta ingliz tili bo‘limi ushbu maqola yozilish vaqtida 1 900 000 dan ortiq maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi bo‘lmish Britannicadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir.


Tavsifi

Vikipedianing shiori bu «hamma tahrirlashi mumkin boʻlgan ochiq ensiklopediya». U «wiki» deb nom olgan dasturiy ta`minot yordamida nashr qilingan. WikiWikiWeb soʻzi Hawaiichasiga wiki — «tez» soʻzidan olingan. Jimmy Wales’ning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish.

Turli Tillardagi Nashrlari

Vikipedia juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:

  1. Ingliz (2 mln dan ortiq)
  2. Nemis (395,809)
  3. Fransuz (286,090)
  4. Polyak (234,750)
  5. Yapon (211,862)
  6. Datcha (190,161)
  7. Shved (159,000)
  8. Italyan (157,600)
  9. Portugal (134,818)
  10. Ispan (118,483)

...
94. Oʻzbek (6,821)


wymiana linkami SEO Tools wymiana linkami SEO Tools tanie kredyty gotówkowe kreatyna Plaza 3 star hotel Los Angeles krynica noclegi Sejm Tyk